SELDO
Yangi 41 ta hisobot, razmerli tovar, Windows va Android ilova

Qotmaydigan kassa, ombor va hisobot — bitta joyda

SELDO — do‘kon va distribyutorlar uchun savdo tizimi. Kassa internetsiz ham ishlaydi, qoldiq o‘lcham va rang bo‘yicha ko‘rinadi, qarzlar so‘m va dollarda yuritiladi, 41 ta hisobot esa nima foyda keltirayotganini aytadi.

Boshqaruv paneli kompyuterda, kassa telefonda

Haqiqiy ekranlar: kompyuterda boshqaruv paneli, telefonda kassa

41Hisobot
26Modul
100%Internetsiz savdo
30Kun bepul sinov
Savdo turingiz uchun

Qaysi savdo bo‘lsa ham — kerakli ekranlar tayyor

Bitta tizim, lekin har savdoning o‘z ehtiyoji bor. Turingizni tanlang.

Qaysi o‘lcham bor — bir soniyada

  • «Razmerli tovar»: o‘lcham × rang jadvalini bir martada kiriting yoki Exceldan yuklang
  • «Qoldiqni tekshirish»: har o‘lcham qoldig‘i shu do‘konda va boshqa filiallarda
  • Model bo‘yicha hisobot: qaysi o‘lcham va rang sotiladi, qaysi biri yotib qolgan
  • Telegram do‘kon «Moda» dizaynida: mijoz o‘lchamni tanlaydi, tugaganlari chizilgan

Dollar narx, litr va quti — chalkashliksiz

  • Narx dollarda turadi, savdo so‘mda — kurs chekda ko‘rinadi
  • Quti va dona: qutida keladi, donalab sotiladi, qoldiq ikkalasida to‘g‘ri
  • Katta do‘kon uchun: konsultant savatni yig‘adi, kassir faqat pul oladi (sozlama bilan)
  • Telegram do‘kon «Avto» dizaynida: artikul va xususiyatlar bilan

Navbat kutmaydi, muddat o‘tib ketmaydi

  • Shtrix-kod va kasr miqdor (0,75 kg) — internet o‘chsa ham kassa ishlaydi
  • Yaroqlilik muddati partiya bo‘yicha va «muzlagan» tovar hisoboti
  • Yetkazib beruvchi bonusi: «2 + 1 bonus», hatto boshqa mahsulot bilan
  • Keshbek va «Oziq-ovqat» dizaynidagi Telegram do‘kon

Bitta shtrix-kod, o‘nlab tus — kassa so‘raydi

  • Ishlab chiqaruvchining bitta shtrix-kodi bir necha tusda — skanerlaganda kassa qaysi tusligini so‘raydi
  • Keshbek, QR mijoz kartasi va shaxsiy xabarlar
  • Chegirma va aksiyalar — kassada ham, Telegramda ham
  • Telegram do‘kon «Kosmetika» dizaynida: rang, shrift va bo‘limlar o‘zingizniki

Agent, ombor, yetkazish va qarz — bitta tizimda

  • Agent ilovasi: marshrut, tashrif, rasmli katalog va buyurtma
  • Ombor yig‘adi, reys yuklanadi, yetkazuvchi topshiradi yoki mashinadan sotadi
  • Har mijozning qarzi, limiti va muddati — kechikkani kunlar bo‘yicha
  • Reja va KPI, hisob-faktura, MXIK kodlari va 1C eksport
Nega SELDO

Tez ishlaydi. Oson o‘tiladi. O‘zi javob beradi.

Qotmaydi

Katalog kassaning o‘zida saqlanadi: shtrix-kod millisekundlarda topiladi. Internet uzilsa ham savdo davom etadi, SELDO yangilanayotganda ham kassa to‘xtamaydi.

  • Skanerdan chekkacha — bir zumda
  • Internetsiz savdo — bir savdo ikki marta yozilmaydi
  • Yangilanish uzilishsiz — kassa to‘xtamaydi

Bir kunda o‘tasiz

Billz, Linko, 1C yoki oddiy Excel — eksport faylingizni yuklang. SELDO ustunlarni o‘zi taniydi: mahsulotlar qoldig‘i bilan, mijozlar qarzi bilan joyiga tushadi.

  • Mahsulotlar — qoldiq, narx va shtrix-kod bilan
  • Mijozlar — telefoni va qarzi bilan
  • Ko‘chirishda bepul yordam beramiz

AI bilan ishlaydi

Claude yoki ChatGPT’ni ulang va oddiy so‘z bilan so‘rang: «Bu hafta nima tugaydi?», «Kim qancha qarz?». Yordamchi faqat sizga ruxsat etilganini ko‘radi va o‘zgartirishdan oldin tasdiq so‘raydi.

  • Har bir ekran va amal — AI uchun ochiq, tasdiq bilan
  • Yuk xatini suratdan o‘qish
  • AmoCRM bilan ikki tomonlama aloqa
Yangi imkoniyatlar

So‘nggi oylarda qo‘shilganlar

Hisobotlar

41 ta hisobot — har biri o‘tgan davr bilan

Tushum — foyda emas. «Hisobotlar» sahifasida savdo, ombor, mijozlar, xodimlar va pul bo‘yicha hamma hisobot bor: qidiring, kerakligini tepaga mahkamlang.

  • «Mahsulotlar bo‘yicha savdo»: cheklar, qaytarilgan, chegirma, sof savdo va foyda
  • «Oldingi davr bilan solishtirish» — bitta tugma
  • Har hisobotda «(i)»: u nimani ko‘rsatadi — do‘koningiz misolida
  • Soat va hafta kuni, o‘rtacha chek, qaytarishlar sababi, sotilmay yotgan tovar
  • Yalpi va sof foyda, xarajatlar va inventarizatsiya yo‘qotishlari
  • Excel va chop etish — bir bosishda
Qarzlar

Qarzlar so‘m va dollarda, akt sverka bir bosishda

Mijoz nasiyaga oladi, yetkazib beruvchiga qarzingiz qoladi. Har biri o‘z valyutasida, har qatordan keyin qoldiq bilan.

  • Mijoz va yetkazib beruvchi hisobi — so‘mda, dollarda yoki ikkalasida
  • Akt sverka: Excel, rasm yoki PDF — do‘kon boti mijozga yuboradi
  • To‘lov muddati va Telegramda eslatma
  • Noto‘g‘ri yozilgan to‘lov tuzatiladi — kassa yoki seyf ham to‘g‘rilanadi
  • Kim qarzdor va kimning muddati o‘tgan — bitta ro‘yxatda
Xodimlar

Ish vaqti, tabel va ish haqi

Ish vaqti bir marta belgilanadi — har hafta qayta tuzish shart emas. Tabel o‘zi to‘ladi: kim keldi, kim kechikdi, kim qancha ishladi.

  • Doimiy ish vaqti va bayram kunlari
  • Oylik tabel: har kun — rang va harf
  • «Keldim» — do‘kon joylashuvi bo‘yicha yoki yuz bilan
  • Kechikish jarimasi bosqichlari va tuzatishlar
  • «Foiz qoidalari»: sotuvchi foizi har oy ish haqiga o‘zi yoziladi
  • Ish haqi, avans, kasallik va ta’til — tabelda o‘z belgisi bilan
AI va integratsiyalar

Do‘koningiz haqida AI’dan so‘rang

Claude yoki ChatGPT bir necha bosishda ulanadi. U do‘konni sizning huquqlaringiz bilan ko‘radi, hisobot tuzadi va o‘zgartirishni faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin bajaradi.

  • Claude va ChatGPT — MCP orqali: har ekranni o‘qiydi, har amalni bajara oladi
  • Har o‘zgarish oldin ko‘rsatiladi — siz tasdiqlaguningizcha bajarilmaydi
  • AI faqat uni ulagan xodimning huquqlari bilan ko‘radi
  • AmoCRM bilan ikki tomonlama aloqa
  • Yuk xatini suratdan o‘qish va webhooklar
  • Kunlik qisqa xulosa va narx nazorati
Yechim

Do‘kon nima qilsa, SELDO shuni yozadi

Kassa

Shtrix-kod bilan tez savdo, aralash to‘lov, chegirma va qaytarish. Internet o‘chsa ham ishlaydi — savdo telefonda saqlanadi va aloqa tiklanganda o‘zi yuboriladi.

Ombor

Qabul, inventarizatsiya, muddat nazorati va filiallar orasida ko‘chirish. Qoldiq har doim harakatlar tarixidan chiqadi, qo‘lda yozilmaydi.

41 ta hisobot

Savdo, ombor, mijozlar, xodimlar va pul — bitta «Hisobotlar» sahifasida. Har birida oldingi davr bilan solishtirish va «(i)» yordam.

O‘lcham va rang

Razmerli tovar jadval bilan kiritiladi, har o‘lcham qoldig‘i barcha filiallarda bir qarashda ko‘rinadi.

Pul

Xarajatlar, yalpi va sof foyda, marja va ustama alohida. 20% mahsulot 80% foyda keltirishini raqam bilan ko‘rsatadi.

Xodimlar

Doimiy ish vaqti, oylik tabel, kechikish jarimalari va ish haqi. Xodim do‘konga kelib «Keldim»ni bosadi — joylashuv tekshiriladi.

Telegram do‘kon

Mijozlaringiz allaqachon Telegramda. Katalog ko‘rinadigan bot va Mini App — buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri kassaga tushadi, yangilikni esa bir tugma bilan hammaga yuborasiz.

Keshbek va sodiqlik

Har xariddan keshbek, QR mijoz kartasi, shaxsiy va avtomatik xabarlar — mijoz yana qaytib keladi.

Distribyutsiya

Agent dalada buyurtma oladi, ombor yig‘adi, yetkazuvchi topshiradi. Har mijoz qarzi va har agent rejasi bitta ekranda.

AI yordamchi

Claude va ChatGPT do‘kon ma’lumotlarini o‘qiydi: hisobot tuzadi, narxlarni tekshiradi, buyurtma tayyorlaydi — faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin.

Integratsiyalar

AmoCRM bilan ikki tomonlama: mijozlar, buyurtmalar, savdolar. Hujjatni suratdan o‘qish, Excel eksport va webhooklar.

Windows va Android

Windows ilovasi chek va yorliqni oynasiz to‘g‘ri printerga chiqaradi. Android ilova — telefon va planshetda.

Barcha imkoniyatlar
Yuklab olish

SELDO’ni qurilmangizga o‘rnating

Hisob bitta — ilovani tanlang. Brauzerda ham to‘liq ishlaydi.

Android ilova

Telefon va planshet uchun. O‘zi yangilanadi, xabarlar ovoz bilan keladi.

Android bu manbadan o‘rnatishga ruxsat so‘rashi mumkin — «Ruxsat berish»ni bosing.

SELDO for Windows

Kassa kompyuteri uchun: chek, yorliq va hujjatlar oynasiz, to‘g‘ri printerga.

Windows 10 va 11, 64-bit.

Narxlar

Kichik do‘kon uchun bepul, o‘sgan sari to‘laysiz

Bepul tarif muddatsiz. Oy o‘rtasida modul yoqsangiz — faqat qolgan kunlar uchun to‘laysiz.

Bepul

0 / oyiga
  • 50 tagacha mahsulot
  • 2 ta xodim hisobi
  • 1 ta do‘kon
  • Kassa, to‘lov va qaytarishlar
  • Katalog va ombor
  • Mijozlar
  • Asosiy hisobotlar
  • Savdo soniga cheklov yo‘q
Boshlash

Boshlang‘ich

99 000 / oyiga
  • Bepul tarifdagi hammasi
  • Cheksiz mahsulot va mijozlar
  • Mijoz qarzlari
  • Yetkazib beruvchi qarzlari
  • Chegirma va aksiyalar
  • 5 ta xodim, foyda tahlili
  • Internetsiz savdo va Bluetooth chek
  • Har bir savdo va hisobot Telegramingizga
Boshlash

Pro

449 000 / oyiga
  • Standartdagi hammasi
  • Distribyutsiya: agentlar, yetkazish, qarzlar
  • 5 ta do‘kon, 50 ta xodim
  • Kengaytirilgan huquqlar va harakatlar jurnali
  • Bulutli hujjat o‘qish va yuzni tanish
  • API, integratsiya, ustuvor yordam
Boshlash
Barcha tariflarni ko‘rish

Do‘konlarni bilasizmi? Hamkor bo‘ling

Siz olib kelgan har do‘kon obunasining 25% i dastlabki 12 oy davomida sizniki.

Hamkorlik dasturi

Bugun boshlang — 30 kun bepul

Karta kerak emas. Sinov tugagach bepul tarifda qolishingiz mumkin.