Hisobni o‘chirish
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 6-noyabr
SELDO’dagi hisobingizni va ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Quyida kim nimani qanday o‘chira olishi, nima o‘chirilishi va nima qancha saqlanishi yozilgan. So‘rov uchun pastdagi shaklni to‘ldiring.
Do‘kon egasi: butun do‘kon hisobi
- Ilovada: Profil → «Hisobni o‘chirish» → «So‘rov yuborish». Yoki shu sahifadagi shakl orqali.
- Egasi ekaningizni tekshirish uchun do‘konda yozilgan telefon yoki e-pochta orqali bog‘lanamiz. Tasdiqlangach do‘kon hisobi yopiladi va hamma xodimlar tizimdan chiqariladi.
- O‘chiriladi: do‘kon va filiallar, xodimlarning loginlari, mahsulotlar va rasmlar, qoldiqlar, savdolar va cheklar, qaytarishlar, mijozlar ro‘yxati, qarzlar va keshbek, xarajatlar, kassa, hisobotlar, Telegram bot va boshqa ulanishlar (AmoCRM, AI yordamchilar), amallar jurnali.
- O‘chirishdan oldin kerakli hisobotlarni Excel’ga yuklab oling: o‘chirilgandan keyin ularni tiklab bo‘lmaydi.
Xodim: o‘z logini
- Xodimning loginini do‘kon egasi o‘chiradi: Xodimlar ro‘yxati → xodim qatoridagi o‘chirish tugmasi. Login o‘chishi bilan xodim hamma qurilmalardan chiqariladi.
- Egasi javob bermasa, shu shakl orqali bizga yozing: egasiga xabar beramiz va loginni o‘chiramiz.
- Xodim qatnashgan savdo, kassa va davomat yozuvlari do‘konning o‘z hisob-kitobi uchun do‘konda qoladi; butun do‘kon o‘chirilganda ular ham o‘chadi.
Do‘kon mijozi: mijoz kabineti va Telegram do‘koni
- Mijoz kabinetida (seldo.uz/c) yoki do‘konning Telegram’dagi do‘konida: Profil → «Hisobni o‘chirish». Yoki shu shakl orqali.
- O‘chiriladi: mijoz kabineti hisobi (telefon, login, parol, Telegram bog‘lanishi, sessiyalar, bildirishnoma qurilmalari) va do‘kon botidagi ma’lumotlaringiz.
- Do‘kondagi mijoz kartangiz (ism, telefon, xaridlar, keshbek) do‘konniki: do‘konga xabar beramiz va kartani o‘chiramiz yoki undan ism va telefonni olib tashlaymiz. To‘lanmagan qarz bo‘lsa, do‘kon qarz yozuvini o‘z hisobi uchun saqlab qolishi mumkin.
Nima saqlanib qoladi va qancha
- Zaxira nusxalar: o‘chirilgan ma’lumot ma’lumotlar bazasining zaxira nusxalarida 60 kungacha qoladi, keyin nusxalar almashib o‘chib ketadi. Zaxiradan faqat avariyada tiklanadi.
- Xavfsizlik va xatolik jurnallari (IP manzil, qurilma turi): 90 kungacha.
- SELDO’ning o‘z to‘lov hujjatlari (do‘kon SELDO’ga to‘lagan tarif to‘lovlari): buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qilgan muddat davomida.
Muddatlar
- So‘rovni 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqamiz va siz bilan bog‘lanamiz.
- Tasdiqlangandan keyin 30 kun ichida o‘chiramiz va bajarilganini aytamiz.
- Fikringiz o‘zgarsa, o‘chirilmasdan oldin bizga yozing.